Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

Texas shtatining Ostin shahri yaqinida kichik samolyot halokatga uchrashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda juma kuni mahalliy rasmiylar ma’lumot berdi.

​Cessna 421C rusumli samolyot Ostindan taxminan 40 mil uzoqlikda joylashgan Uimberli shahrida, payshanba kuni soat 23:25 atrofida qulagan. Xeyz okrugi favqulodda vaziyatlar boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot yerga qo‘nish vaqtida yuqori tezlikda harakatlangan.

Milliy transport xavfsizligi kengashi va Federal aviasiya boshqarmasi mazkur halokat yuzasidan tergov o‘tkazadi. Xabarda aytilishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda shu hududda bo‘lgan boshqa bir samolyot Nyu-Braunfels shahriga betalafot qo‘ngan.

Kiritildi: 12:02 02.05.2026. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!