Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish bilan tahdid qildi

Tramp Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mersni keskin tanqid qildi va uni Rossiya–Ukraina urushiga e’tibor qaratishga chaqirdi. Bayonot Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha ikki yetakchi o‘rtasidagi tortishuv fonida yangradi.

Ijtimoiy tarmoqdagi chiqishida Tramp kansler o‘z mamlakatining ichki muammolariga va urushni yakunlashga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mers Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush masalasida «to‘liq samarasiz» bo‘lgan.

«Germaniya kansleri Rossiya va Ukraina urushiga yakun yasashga, shuningdek o‘z mamlakatining muammolarini, ayniqsa migrasiya va energetika sohalaridagi holatni tuzatishga ko‘proq vaqt ajratishi kerak, Eron yadroviy tahdidini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarga kamroq aralashishi lozim», — dedi Donald Tramp.

Ikki yetakchi o‘rtasidagi bahs Fridrix Mersning AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar haqidagi tanqidiy bayonotlaridan so‘ng kuchaygan. Kansler avvalroq Eron muzokaralar jarayonida AQShni «haqorat qilayotgani»ni aytgan edi.

Shu fon astida Donald Tramp o‘z ma’muriyati Germaniyadagi amerika harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ham bildirdi. Uning aytishicha, bu masala bo‘yicha qaror yaqin vaqtda qabul qilinishi mumkin.

Germaniyada Yevropadagi eng ko‘p sonli AQSh harbiylari joylashgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 35 mingdan ortiq amerikalik harbiy bor, Germaniya OAV esa bu raqamni taxminan 50 ming deb baholaydi.

Shu bilan birga, Donald Tramp NATOdagi ittifoqchilarni yana bir bor tanqid qilib, ularni mudofaa xarajatlarini yetarlicha oshirmayotganlikda aybladi. Uning so‘nggi bayonotlari AQSh va Yevropa ittifoqchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Kiritildi: 09:38 02.05.2026. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!