Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatildi(mi)?

Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatildi(mi)?

Tramp AQSh Kongressiga Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilganini ma’lum qildi — Associated Press.

Ma’lum qilinishicha, prezident shu tariqa Kongress urushni ma’qullashi kerakligi borasidagi bahslarga chek qo‘yishga urinmoqda. Ammo hozircha AQSh kuchlari mintaqada qoladi. Pentagon muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, zarbalarni qayta boshlashga tayyorligini saqlab qolmoqda.

"Tramp ma’muriyatining bu qarori Kapitoliydagi tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshilikning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, prezident Eron bilan davom etayotgan nizo tufayli respublikachilarning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lish xavfi ostida turgan edi", deya yozadi Associated Press.

Qo‘shma Shtatlarda 1973 yilda qabul qilingan “Urush vakolatlari to‘g‘risidagi rezolyusiyaga” (War Powers Resolution) muvofiq, prezident qo‘shinlarni xorijga yuborish va urush boshlashdan oldin Kongress bilan kelishishi shart. Qurolli kuchlardan Kongress roziligisiz foydalanish muddati 60 kun bilan cheklangan. AQShning Eron bilan urushi holatida bu muddat 1 mayda tugadi.

Mazkur rezolyusiyaga muvofiq Tramp ushbu muddatdan so‘ng yoki urushni tugatishi yoki harbiy harakatlarni davom ettirish uchun Kongressdan ruxsat olishi kerak. Biroq ayrim respublikachilar urush davom ettirilishini qo‘llab-quvvatlamasliklarini ochiq bildirishgan.

Kiritildi: 09:25 02.05.2026. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!