Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Liviya sohillarida 400 dan ortiq migrant qutqarildi

Liviya sohillarida 400 dan ortiq migrant qutqarildi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mamlakat milliy armiyasining sohil qo‘riqlash xizmati dengizdagi og‘ir sharoitlarga duch kelgan 10 ta qayiqdan kamida 404 nafar migrantni qutqarib qoldi. Tobruk shahridagi Qizil Yarim oy jamiyati ko‘ngillilari turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan ushbu shaxslarga birinchi tibbiy yordam, issiq kiyim va oziq-ovqat yetkazib berdi.

Liviya Yevropaga yetib olishga intilayotgan afrikalik migrantlar uchun asosiy tranzit yo‘li bo‘lib qolmoqda. O‘tgan dushanba kuni xuddi shu hududda qayiq ag‘darilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani va yana 31 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 13:35 23.04.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!