Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Yangi Zelandiyaning "oltin viza" dasturi 4 milliard dollar investisiya jalb qildi

A A A
Yangi Zelandiyaning "oltin viza" dasturi 4 milliard dollar investisiya jalb qildi

Mamlakatning "Active Investor Plus" (AIP) deb nomlangan yangilangan investisiya vizalari dasturi o‘z faoliyatining birinchi yilida qariyb 4 milliard Yangi Zelandiya dollari (2,4 mlrd AQSh dollari) miqdorida sarmoya jalb qildi.

Migrasiya masalalari bo‘yicha vazir Erika Stenfordning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 1,49 milliard dollarlik mablag‘ iqtisodiyotga kiritilgan bo‘lsa, yana 2,415 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirish bosqichida turibdi. Dastur doirasida jami 609 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, ular orqali ikki mingga yaqin badavlat migrantlar mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shish istagini bildirgan.

​Vellington ma’muriyati sarmoyadorlarni jalb qilish uchun 2025 yil 1 apreldan boshlab viza qoidalarini sezilarli darajada yengillashtirgan edi. Xususan, yuqori xavfli loyihalarga yo‘naltiriladigan minimal investisiya chegarasi 5 million dollargacha tushirildi, ingliz tilini bilish talabi bekor qilindi va investorlarning mamlakatda bo‘lish muddatiga doir cheklovlar qisqartirildi. Bunday choralar iqtisodiy mahsuldorlikni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan strategiyaning bir qismi hisoblanadi.

​Hukumat ushbu mablag‘larni nafaqat yirik loyihalarga, balki aerokosmik va tibbiyot sohalari uchun detallar ishlab chiqaruvchi o‘rta biznes vakillariga ham yo‘naltiryapti. Xalqaro miqyosda bu kabi "oltin vizalar"ning samaradorligi borasida turli shubhalar mavjud bo‘lsa-da, Yangi Zelandiya hukumati ushbu dasturni mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun muhim deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 13:25 23.04.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!