Donald Tramp Eron rahbariyati uning iltimosiga binoan 8 nafar namoyishchi ayolning qatlini bekor qilganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ayollarning to‘rt nafari zudlik bilan ozod etiladi, qolganlari esa bir oylik qamoq jazosi bilan qutuladi. U ushbu qarorni "hurmat belgisi" deb atab, Tehronga minnatdorchilik bildirdi.
Biroq Tehron bu ma’lumotni keskin rad etib, Trampni "yolg‘on xabarlar" tarqatishda aybladi. Eron sud tizimiga qarashli "Mizan" agentligi hech qanday qatl rejalashtirilmaganini va mamlakat AQShga hech qanday yon bosmaganini da’vo qilmoqda.
Hukumat rasmiylariga ko‘ra, Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilmayotgani va harbiy muvaffaqiyatsizliklar fonida "soxta yutuqlar" o‘ylab topmoqda.