Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AQSh NATO'ning "yaxshi" va "yomon" davlatlari ro‘yxatini tuzib chiqdi

AQSh NATO'ning "yaxshi" va "yomon" davlatlari ro‘yxatini tuzib chiqdi

"NATO bosh kotibi Mark Ryuttening Vashingtonga tashrifi arafasida Oq uy a’zo davlatlarning alyansga qo‘shgan hissasi va ularning darajalar bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rib chiqildi. Shu tariqa Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning ma’muriyati Eron bilan urushini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan ittifoqchilarini jazolash yo‘llarini qidirmoqda", deya yozmoqda Politico nashri manbalariga tayanib.

Shu bilan birga, yevropalik mulozimning jurnalistlarga aytishicha, Oq uyda Qo‘shma Shtatlarning "yaxshi" va "yomon" ittifoqchilari uchun imtiyozlar hamda salbiy oqibatlar aynan nimalardan iborat bo‘lishi yuzasidan hozircha aniq g‘oyalar yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarini Yevropa bo‘ylab boshqa joylarga ko‘chirish "variantlardan biri" bo‘lishi mumkin. Biroq bu qimmatga tushadigan va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi.

Politico taxminiga ko‘ra, bunday siyosatning asosiy manfaatdorlari Polsha va Ruminiya bo‘lishi mumkin. Varshava mudofaa uchun NATO'da qariyb hammadan ko‘p mablag‘ sarflaydi, shuningdek, mamlakatda joylashtirilgan 10 ming nafar amerikalik harbiyni saqlash xarajatlarining deyarli barchasini o‘z yonidan qoplaydi. Ruminiyada esa yaqinda NATO aviabazasi kengaytirildi va Qo‘shma Shtatlarga undan Erondagi jangovar harakatlarni olib borish uchun foydalanishga ruxsat berildi.

Kiritildi: 12:25 23.04.2026. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!