Xitoy raisi Si Jinpin chorshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Xitoy yetakchisi ikki mamlakat bir-birini qo‘llab-quvvatlashi va strategik hamkorlikni chuqurlashtirishi zarurligini ta’kidladi.
Si Jinpinning so‘zlariga ko‘ra, Pekin va Moskva "Global Janub" davlatlari birdamligini himoya qilishi va ko‘p qutbli dunyo tamoyillarini ilgari surishi lozim. Uchrashuvda Xitoy va Rossiya munosabatlaridagi barqarorlik yuqori baholandi.
Joriy yilda Si Jinpin va Vladimir Putin o‘rtasida ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan sammit o‘tkazilishi kutilmoqda.