Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Islam Maxachev keyingi jangi haqida: "Oq uyda katta turnir bo‘ladi"

Islam Maxachev keyingi jangi haqida: "Oq uyda katta turnir bo‘ladi"

UFC chempioni Islam Maxachev kelasi jangini Oq uyda o‘tkazishi mumkinligini istisno etmadi.

U jang yozda bo‘lib o‘tishi ehtimolini bildirdi.

"Kelasi jangimni qachon o‘tkazmoqchiman? Oq uyda katta turnir bo‘ladi — balki birinchi va oxirgisi. Nima uchun bu kardga o‘z nomimni qo‘shmaslik kerak? Hozirgi bir oyda vaznim qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Agar 70 kg uchun taklif bo‘lsa va vaznim ko‘tarilmasa, bu variantni ko‘rib chiqish mumkin. Hozircha aniq javob bera olmayman. Bir oy kuzatishim kerak", — dedi Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni Maxachev yarimo‘rta vaznda debyut qilib, Jek Della Maddalenani mag‘lub etgan edi. Ungacha Islam yengil vazn toifasida jang qilgan.

Kiritildi: 23:55 25.11.2025. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!