Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Germaniya Ukrainaga moliyaviy yordamni oshiradi — OAV

Germaniya Ukrainaga moliyaviy yordamni oshiradi — OAV

Handelsblatt nashrining Germaniya hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Berlin 2026 yilda Ukrainaga yordamni taxminan 3 milliard yevroga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu ma’lumotni Reuters manbalari ham tasdiqlagan.

"Shu tariqa, Ukraina uchun mo‘ljallangan yordam hajmi byudjet loyihasida 8,5 milliard yevrodan 11,5 milliard yevroga yetadi. Qo‘shimcha mablag‘lar artilleriya, dronlar, zirhli texnika xaridi hamda ikkita Patriot havo mudofaa tizimini almashtirish uchun yo‘naltiriladi. Bundestag deputatlari yakuniy qarorni keyingi haftada qabul qiladi", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: 19:48 04.11.2025. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!