Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi «sinov muddati»ni joriy etishi mumkin. Ular kim uchun?

Evropa Ittifoqi «sinov muddati»ni joriy etishi mumkin. Ular kim uchun?

Evropa Ittifoqi kelajakda umumiy siyosatga zid ravishda harakat qilayotgan Vengriya kabi davlatning paydo bo‘lmasligi uchun yangi a’zolarga «sinov muddati»ni joriy etishi mumkin.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha yevrokomissari Marta Kos ma’lum qildi, deb xabar beradi Financial Times.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur sinov muddati bir necha yil davom etishi mumkin, unga ko‘ra, agar yangi a’zo davlat umumiy demokratik tamoyillardan chekinsa, uni ittifoqdan chiqarib tashlash imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

«Men besh, o‘n yoki o‘n besh yildan keyin ish boshlaydigan yangi “troyan otlarini” ittifoqqa olib kirgan komissar sifatida tanilgim kelmayapti», — deya o‘z tashabbusini tushuntirdi Kos.

Avvalroq, Ukraina uchun Yevroittifoqqa ovoz berish huquqisiz a’zo bo‘lish varianti muhokama qilinayotgani ma’lum qilingandi. Bu ish Vengriyaning roziligini olish uchun amalga oshirilyapti, sababi Budapesht Kiyevning ittifoqqa qabul qilinishiga faol tarzda to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Kiritildi: 17:35 04.11.2025. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!