Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Reuters: AQSh Federal qidiruv byurosi Trampga qarshi tergovda qatnashgan bir nechta agentlarini ishdan bo‘shatdi

Reuters: AQSh Federal qidiruv byurosi Trampga qarshi tergovda qatnashgan bir nechta agentlarini ishdan bo‘shatdi

Agentlikning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Federal qidiruv byurosi (FQB) sobiq maxsus prokuror Jek Smit jamoasida ishlagan va prezident Donald Trampning faoliyatini tergov qilgan to‘rt nafar agentni ishdan bo‘shatgan.

Avvalroq AQSh Senatining yuridik qo‘mitasi raisi, respublikachi Chak Grassli Smit jamoasi olib borgan tergovga oid ming betdan ortiq hujjatlarni e’lon qilgan edi. Mazkur hujjatlarda tergovda ishtirok etgan FQB va Adliya vazirligi xodimlarining ismlari yashirilmagan.

Jek Smit Donald Trampga federal saylovlar jarayoniga aralashish, ya’ni tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi hamda maxfiy hujjatlar bilan noo‘rin muomala qilish bo‘yicha ayblovlar qo‘ygan edi. Biroq 2024 yilning noyabr oyida Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, maxsus prokuror bu tergovni to‘xtatdi.

Shu bilan birga, Smit o‘z qo‘lida Trampni sudda ayblash uchun yetarli dalillar borligini ta’kidladi, ammo uning prezident etib saylanishi sud ta’qibini imkonsiz qilganini bildirdi.

Kiritildi: 17:24 04.11.2025. O'qildi: 1058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!