Kim Yon Nam Shimoliy Koreyadagi hukmron Mehnat partiyasiga 1950–1953 yillardagi Koreya urushi tugaganidan keyin qo‘shilgan edi. U 1998 yildan 2019 yilgacha KXDR Oliy xalq Majlisi Prezidiumi raisi lavozimida ishlagan. Garchi mamlakatda hokimiyat de-fakto Kimlar oilasiga tegishli bo‘lsa-da, ushbu lavozim egasi rasmiy ravishda Shimoliy Koreya rahbari hisoblanadi.
Bundan tashqari, Kim Yon Nam 15 yil davomida Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri lavozimini ham egallagan. U, shuningdek, 2018 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada ochilish marosimida ishtirok etib, qo‘shni mamlakatga tashrif buyurgan eng yuqori darajadagi KXDR vakili bo‘lgan edi.