Qirg‘izistonda elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan soatlarda quvvat kamayishi kutilmoqda. Shu bilan birga, istagan fuqarolar uchun sarf miqdori cheklanmagan — “cheksiz tarif” tizimiga o‘tish imkoni yaratildi.
Bu haqda “Qirg‘iziston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi vakili Isabek Orozboyev ma’lum qildi.
📝 Fuqarolar yashayotgan hududidagi elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilib, ariza topshirgandan so‘ng 1–2 kun ichida yangi tarifga ulanishlari mumkin.
Tariflar quyidagicha:
Cheksiz tarif: 1 kVt/soat — 3,81 som (≈521 so‘m);
700 kVt/soatgacha: 1,37 som (≈187 so‘m);
700 kVt/soatdan ortiq: 2,6 som (≈356 so‘m).