Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy armiya qo‘mondonligi oldida chiqish qildi.
U 3 noyabr kuni o‘z idorasida bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvda harbiy qo‘mondonlarni haqiqatni gapirishdan qo‘rqmaslikka chaqirgan.
"Komandirlar frontda pozisiyalarni yo‘qotganligi haqida xabar berishdan qo‘rqmasliklari kerak. Ularning asosiy vazifasi shaxsiy tarkibni saqlab qolishdir. Agar siz xodimlarni saqlab qolgan bo‘lsangiz, yaxshi. Chunki odamlar bilan birga o‘z o‘rningizni tiklashingiz mumkin. Ammo kadrlar bo‘lmasa, bu butunlay boshqa masala", - deya ta’kidladi u.