Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil armiyasi Livanda "Hizbulloh"ning ikki jangarisini yo‘q qildi

Isroil armiyasi Livanda "Hizbulloh"ning ikki jangarisini yo‘q qildi

Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida "Hizbulloh"ning ikki jangarisini yo‘q qildi.

Bu haqda Ynet portaliga Isroil armiyasi matbuot kotibi ma’lum qildi.

"Isroil armiyasi Livan janubidagi Nabatiya mintaqasida "Hizbulloh"ning Radvan maxsus kuchlari bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Ali Hadidni o‘ldirdi. Jangari Isroil hududida terakt uyushtirishni rejalashtirgan va yaqinda tashkilotning terrorchilik infratuzilmasini tiklashga urinishlarini qayta boshlagan", - deya ta’kidladi harbiylar.

Bundan tashqari, Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir jangari Livan janubidagi Ayta ash-Sha’b mintaqasida Isroil kuchlari haqida razvedka ma’lumotlarini yig‘ishga urinayotgan vaqtda o‘ldirilgan.

Kiritildi: 10:45 04.11.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!