UFC jangchisi Arman Sarukyan AQSh va Rossiyadagi ovqat sifati haqida fikr bildirdi.
"Professional sportchi uchun yaxshi ovqatlanish juda muhim. Faqat protein va aminokislotalar bilan to‘yib bo‘lmaydi — bu faqat qo‘shimcha oqsil. Eng muhimi — sifatli ovqat yeb turish. Afsuski, bunday taomlar Amerikada juda kam, Rossiyada bu borada ancha yaxshi.
Masalan, bu yerda (Rossiyada) men ko‘proq restoranlarda ovqatlanaman, chunki ko‘proq ko‘chada bo‘laman. Garchi ko‘p yeb qo‘ysam ham, shu bilan ham vaznim tushadi. AQShda esa aksincha: kam yeganimga qaramay vazn qo‘shaman. Demak, bizdagi ovqat sifati ularnikidan ancha yaxshi", — dedi Sarukyan.