Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh prezidenti Ukrainadagi urushni "bir necha oy ichida" tugatishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Ukrainadagi urushni "bir necha oy ichida" tugatishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini "bir necha oy ichida" tugatishi mumkinligini aytdi.

Amerika yetakchisi CBS News telekanaliga bergan intervyusida o‘z pozisiyasini bildirgan.

"Menimcha, ha, biz qila olamiz", dedi Tramp boshlovchining "bir-ikki oy ichida buni qila oladimi?" degan savoliga javoban.

U bir qator xalqaro mojarolarni urushayotgan tomonlarga nisbatan yuqori tariflar tahdidini taktika sifatida qo‘llash orqali hal qilishga muvaffaq bo‘lganini qayd etdi.

"60 foiz hollarda men: "Agar siz kurashni to‘xtatmasangiz, ikkala davlatingizga ham bojlar kiritaman va siz AQSh bilan biznes yurita olmaysiz", dedim”, - deya tushuntirdi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "bu Putin bilan ham ishlaydi".

Kiritildi: 10:10 03.11.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!