Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shahzoda Endryu yana bir unvonidan mahrum bo‘ladi

Shahzoda Endryu yana bir unvonidan mahrum bo‘ladi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi qirol Charlz III ning iltimosiga binoan uning ukasi Endryuni vise-admiral unvonidan mahrum qiladi, deb xabar bermoqda BBC

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hilining ma’lum qilishicha, harbiy idora shahzoda Endryuni Qirollik dengiz floti vise-admirali unvonidan mahrum etishga tayyorlanmoqda. Bu uning akasi, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning istagi ekanligi aytildi.

Vise-admiral unvoni Endryu barcha unvon va imtiyozlardan mahrum etilganidan so‘ng unda qolgan so‘nggi rutba edi. Bunga sabab, u jinsiy jinoyatlari uchun ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqador hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, sobiq shahzoda Endryu dengiz flotida 22 yil xizmat qilgan. U 1982 yildagi Folklend urushi paytida harbiy vertolyot uchuvchisi bo‘lgan.

Kiritildi: 22:35 02.11.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!