AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda CBS telekanalining 60 Minutes kursatuvida ma’lum qildi.
Jurnalist: Agar rais Si Szinpin Tayvanga qarshi harbiy harakat boshlasa, siz AQSh qo‘shinlariga uni himoya qilish buyrug‘ini berasizmi?
Tramp: Buni shunday holat sodir bo‘lsa, bilib olasiz
Jurnalist: Nega bu haqda ochiqroq gapirmayapsiz?
Tramp: Men o‘z sirlarimni oshkor qila olmayman.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Tayvan masalasini ko‘tarmagan va Xitoy ehtimoliy harakatlarning oqibatlarini yaxshi anglashini qo‘shimcha qildi.