Mahalliy nashrlarning xabar barishicha, bu Misrning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng ulkan madaniy loyihasi hisoblanadi. Qohira chetidagi Giza ehromlari yaqinida umumiy maydoni taxminan 500 ming kvadrat/metr (70 ta futbol maydoniga teng) bo‘lgan muzey binosi joylashgan. Bu yerda Misr tarixining yetti ming yillik davrini – fir’avnlar, yunon va rim zamonlarini aks ettiruvchi 100 mingdan ortiq tarixiy eksponatlar mavjud.
Doimiy ko‘rgazmaning eng nodir namunasi – Tutanxamon maqbarasidan topilgan 5000 dan ortiq ashyolar to‘plami bo‘lib, ular orasida fir’avnning oltin sarkofagi ham bor.