Mas’ud Pizishkiyon bu haqda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda agentlik.
"Tehron o‘zining yadroviy dasturi ob’ektlarini yanada keng ko‘lamda qayta tiklaydi. Mazkur dasturning maqsadi yadro qurolini yaratish emas, Eron yadro dasturi fuqarolik maqsadlariga yo‘naltirilgan", — dedi prezident.
2025 yil iyun oyida AQSh Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi eng muhim yadro inshootlariga kuchli va chuqur zarba beruvchi aviabombalar bilan hujum qilgan edi.
O‘shanda Oq uy bu zarbalar Eron yadro dasturini, ya’ni yadro quroli yaratishga qaratilgan loyihasini butunlay yo‘q qilganini ma’lum qilgan. Biroq keyinchalik ommaviy axborot vositalari AQSh razvedka ma’lumotlariga tayanib, bombardimonlar kutilgan natijani bermaganini, dastur rivojlanishini faqat bir necha oyga kechiktirganini yozgandi.
Eron yadro dasturining hozirgi holatini mustaqil baholash qiyinligicha qolmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp esa agar Tehron yadro dasturini qayta tiklashga harakat qilsa, Eron yadroviy inshootlariga yangi hujumlar uyushtirishni buyurishi haqida ogohlantirgandi.