Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniyada poyezddagi pichoqbozlik oqibatida 9 kishi jarohat oldi

Buyuk Britaniyada poyezddagi pichoqbozlik oqibatida 9 kishi jarohat oldi

Mamlakat transport polisiyasining ma’lum qilishicha, voqea Angliyaning shimoliy qismidagi Donkaster shahridan Londonga yo‘l olgan poyezdda sodir bo‘lgan. Hujumdan so‘ng to‘qqiz nafar yo‘lovchi hayotiga xavf tug‘diruvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Hodisa yuzasidan polisiya xodimlari poyezdda ikki kishini qo‘lga olib, bo‘limga olib ketishgan.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab huquq-tartibot idoralari voqea haqida xabar berishda "ommaviy terrorchilik hujumi"ni anglatuvchi "plato" kod so‘zidan foydalangan, biroq keyinchalik bu ta’rifdan voz kechgan. Favqulodda vaziyat tufayli temiryo‘l qismida poyezdlar harakati to‘xtatib qo‘yilgan.

"Hantington yaqinidagi poyezdda yuz bergan dahshatli hodisa chuqur tashvish uyg‘otmoqda. Butun o‘y-xayollarim barcha jabrlanganlar bilan, favqulodda xizmatlar xodimlariga tezkor harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ushbu hududda bo‘lganlarning barchasi polisiya ko‘rsatmalariga amal qilishi shart", – deb yozdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 17:45 02.11.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!