Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Britaniya Turkiyaga 20 ta Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini yetkazib beradi

Britaniya Turkiyaga 20 ta Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini yetkazib beradi

Buyuk Britaniya Turkiyaga 20 ta Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotini 8 milliard funt sterlinglik (10 milliard dollardan ortiq) shartnoma asosida yetkazib beradi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer idorasi ma’lum qilgan.

Anqarada Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

"Buyuk Britaniya va Turkiya o‘rtasida Britaniyaning 20 ta "Typhoon" qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha 8 milliard funt sterlinggacha bo‘lgan kelishuv imzolanganidan so‘ng, Buyuk Britaniyada minglab malakali ish o‘rinlari kelgusi yillar davomida ta’minlanadi”, - deyiladi bayonotda.

Shartnoma Turkiyaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaydi va har ikki davlat havo kuchlarining sinxronlashuvini yaxshilaydi, shuningdek, NATOning muhim mintaqadagi pozisiyasini mustahkamlaydi, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!