Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Sanksiyalarga qaramay, Yevroittifoq Rossiyaning uchta eng yirik savdo hamkoridan biri bo‘lib qolmoqda — Bild

Sanksiyalarga qaramay, Yevroittifoq Rossiyaning uchta eng yirik savdo hamkoridan biri bo‘lib qolmoqda — Bild

Nemis nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va Rossiya o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 67,5 milliard yevroni tashkil etgan.

Birinchi o‘rinni kutilganidek Xitoy egallagan: ushbu mamlakat bilan savdo hajmi 244,8 milliard dollarga yetgan, shundan 130 milliard dollarini xitoyliklar tomonidan Rossiya nefti, gazi va ko‘mirini import qilish tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rindan esa Hindiston joy oldi. Bu mamlakat 12-o‘rindan birdaniga ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib, Rossiya energetika resurslarini chegirma asosida sotib oluvchi asosiy xaridorga aylandi.

Bundan tashqari, G‘arbning bosimi va ikkilamchi sanksiyalar tahdidiga qaramay, Isroil, Armaniston, O‘zbekiston, Turkiya, Misr va Braziliya Moskva bilan savdo aloqalarini mustahkamlagan.

Germaniya iqtisodiy instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya eksporti 18 foizga o‘sib, 330 milliard dollarga yetgan.

Kiritildi: 16:26 27.10.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!