Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Litva kontrabanda havo sharlari tufayli Belarus bilan chegarasini vaqtincha yopdi

Litva kontrabanda havo sharlari tufayli Belarus bilan chegarasini vaqtincha yopdi

Xabar berilishicha, Belarus bilan barcha chegara o‘tish punktlari 25 oktyabr soat 12:00 gacha yopilgan. Litva bosh vaziri Inga Ruginenening so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu qarorni Belarus hududidan kontrabanda yuklari ortilgan havo sharlar guruhi uchirilgani sababli qabul qilgan.

24 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Vilnyus va Kaunas aeroportlari tomon uchayotgan havo sharlar tufayli parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan. Aeroportlar vakillarining aytishicha, parvozlar tez orada qayta tiklanishi kutilmoqda.

Bu so‘nggi bir oy ichida Belarusdan Litva tomon uchirilgan havo sharlari bilan bog‘liq uchinchi hodisa hisoblanadi.

Kiritildi: 10:43 25.10.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!