Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriyada qurolli to‘da 73 kishini o‘g‘irlab ketdi

Nigeriyada qurolli to‘da 73 kishini o‘g‘irlab ketdi

Nigeriyaning Zamfara shtatidagi ikkita qishloqda 73 kishi o‘g‘irlab ketildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, qurolli to‘da a’zolari Zamfara shtatidagi Buzugu va Rayau qishloqlariga hujum qilgan.

Hujum natijasida 73 kishi o‘g‘irlab ketilgan, ko‘plab odamlar yaralangan.

Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari safarbar etilgan va tergov boshlangan.

Nigeriya bir necha yillardan beri qurolli to‘dalar va terrorchi guruhlarning hujumlaridan aziyat chekyapti. Ular orasida mashhur «Boko Xaram» tashkiloti va G‘arbiy Afrikadagi ISHIDning ISWAP bo‘limi bor. Bu guruhlar tez-tez mamlakatning turli mintaqalarida odam o‘g‘irlash, hujumlar va terroristik harakatlar uyushtirib turadi.

Nigeriyada odam o‘g‘irlash o‘lim bilan jazolansa-da, odam o‘g‘irlash va tovlamachilik keng tarqalgan.

Qurolli shaxslar odatda mamlakat shimolidagi qishloqlar, maktablar va yo‘lovchilarni nishonga oladi va to‘lov talab qiladi.

Kiritildi: 20:15 22.10.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!