Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya WhatsApp va Telegram messenjerlarini qisman bloklashni davom ettirmoqda — “Interfaks”

Rossiya WhatsApp va Telegram messenjerlarini qisman bloklashni davom ettirmoqda — “Interfaks”

Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi nazorat federal xizmati (Roskomnadzor) tomonidan e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, “xorijiy messenjerlar” asosan “aldov va pul undirish” uchun, shuningdek, Rossiya fuqarolarini “terrorchilik va ekstremistik faoliyatga” jalb etish uchun foydalaniladigan asosiy xizmatlar bo‘lib qolmoqda.

Biroq bu yerda gap 13 avgust kuni ma’lum bo‘lgan cheklovlar haqida ketyaptimi yoki Roskomnadzor yangi cheklovlar joriy etdimi, bunga aniqlik kiritilmagan. Bir kun oldin Rossiyadagi ayrim foydalanuvchilar uchun ushbu messenjerlar orqali qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati qayta tiklangani haqida xabar berilgan edi. Ammo bugun, 22 oktyabr kuni Rossiya janubidagi Krasnodar o‘lkasi, Adigeya, Rostov va Astraxan viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida WhatsApp va Telegram xizmatlari ishlamay qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Kiritildi: 19:12 22.10.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!