Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi antiseptiklardagi etanol (etil spirti)ni saraton keltirib chiqaruvchi modda sifatida tan olishi va taqiqlashi mumkin — Financial Times

Evropa Ittifoqi antiseptiklardagi etanol (etil spirti)ni saraton keltirib chiqaruvchi modda sifatida tan olishi va taqiqlashi mumkin — Financial Times

Nashrning xabar berishicha, bu chora amalda shifoxonalarda qo‘llaniladigan ko‘plab qo‘l dezinfeksiyalash va tozalash vositalarining taqiqlanishiga olib keladi.

Spirt asosidagi dezinfektorlar va tozalovchi vositalar 1990 yillardan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq oktyabr oyida Yevropa Kimyo agentligining ishchi guruhlaridan biri etanolni saraton va homiladorlik asoratlarini keltirib chiqarish xavfini oshiradigan zaharli modda deb topdi hamda ichki tavsiyalarda dezinfektorlardagi bu tarkibiy qismni almashtirish lozimligini ta’kidladi.

Agentlikning tegishli qo‘mitasi 24-27 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda etanolni inson uchun zararli moddalar qatoriga kiritish yoki kiritmaslik bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Shundan so‘ng u yakuniy qarorni chiqarish uchun Yevrokomissiyasga tavsiya yuboradi.

Ushbu qarorga qarshi tomon esa etanolning izopropanol kabi muqobillari yanada zaharli ekanligi va spirtli antiseptiklardan foydalanish har yili millionlab kasallik yuqishi holatlarining oldini olishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 17:04 22.10.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!