Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Islandiyada birinchi marta chivinlar aniqlandi — The Guardian

Islandiyada birinchi marta chivinlar aniqlandi — The Guardian

Gazetaning islandiyalik olimlarga tayanib xabar berishicha, mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida topilgan uchta chivin Culiseta annulata turiga mansub. Ushbu tur sovuqqa chidamli bo‘lib, uning vakillari qish oylarida yerto‘la va omborlarda yashirinib, omon qolishi mumkin.

Shu vaqtgacha Islandiya Antarktidadan tashqari sayyoradagi chivinlar doimiy yashamaydigan yagona joy edi. Olimlar ularning orolda paydo bo‘lishini global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.

Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiya Shimoliy yarimsharning boshqa hududlariga qaraganda tezroq isib bormoqda.

Kiritildi: 16:41 22.10.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!