22 oktyabrdan 2025/2026-o‘quv yili uchun “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichi start oldi.
Bu bosqichda 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etmoqda.
👉Ro‘yxat e’lon qilingan.
“Mening maktabim” loyihasi doirasida o‘quvchilar “Ochiq byudjet” portali orqali ikki usulda o‘z g‘oyalarini ilgari surishlari mumkin:
1️⃣ Avtomatik tarzda — portaldaginamunalar orasidan ma’qul loyihani tanlash orqali;
2️⃣ Mustaqil ravishda — mavjud namunalarda yo‘q, yangi loyihani o‘zlari shakllantirish orqali.