Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Belarusdan uchib o‘tgan kontrabanda sigaretlari ortilgan meteozondlar tufayli Vilnyus aeroporti tun bo‘yi ishlamadi — Delfi

Belarusdan uchib o‘tgan kontrabanda sigaretlari ortilgan meteozondlar tufayli Vilnyus aeroporti tun bo‘yi ishlamadi — Delfi

Litva Inqirozlarni boshqarish milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskasning ma’lum qilishicha, tungi soat 02:00 lar atrofida Vilnyus aeroporti tomon jami 13 ta kontrabanda yuki ortilgan meteozond (sharsimon uchar qurilma) uchib o‘tgan. Delfi nashriga ko‘ra, parvozlar tonggi soat 06:30 da qayta tiklangan.

Cheklovlar 9 ta reys va 900 dan ortiq yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatgan. Xabar qilinishicha, Belarusdan Litvaga jami bir necha o‘nlab meteozond uchib kelgan. Ularning 5 tasi aniqlangan va taxminan 7 ming quti kontrabanda sigareta musodara qilingan.

Litva Belarus bilan chegarasida faoliyat yuritayotgan ikkala nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopib qo‘ygan.

Kiritildi: 14:46 22.10.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!