Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni dunyodagi ilk "osmon stadioni"ni qurmoqchi

Saudiya Arabistoni dunyodagi ilk "osmon stadioni"ni qurmoqchi

Saudiya Arabistoni dunyodagi ilk "osmon stadioni"ni qurishni rejalashtiryapti. Bu stadion rasman NEOM Stadium deb ataladi va u futuristik shahar — The Line loyihasi ichiga joylashtiriladi.

Eng ajoyib jihati — stadion yerdan 350 metr balandlikda turadi! Uning ichida 46 ming o‘rin bo‘ladi va butunlay qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlaydi.

Bu stadion 2032 yil atrofida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan va u 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida chorak finalgacha bo‘lgan o‘yinlarga mezbonlik qiladi.

Saudiya Arabistoni nafaqat neft bilan, balki innovasiyalar va texnologiyalar bilan ham dunyo e’tiborini tortishga urinmoqda.

Kiritildi: 22:44 21.10.2025. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!