Toshkent viloyatida 2025 yil boshidan beri 7 774 ta tadbirkorlik sub’ekti tekshirilgan — bu har 8 nafar tadbirkordan biri degani.
Ayrim tumanlarda, xususan Ohangaron, Quyichirchiq va Piskentda bu ko‘rsatkich yanada yuqori — har 4–5 nafar tadbirkordan biri tekshiruvga duch kelgan.
Eng ko‘p tekshiruvlar soliq (64,1%) va Favqulodda vaziyatlar xizmati (18,9%) tomonidan o‘tkazilgan.
Biznes Ombudsman aralashuvidan so‘ng 60 nafar mansabdor — soliq, veterinariya, ekologiya va qurilish sohasi xodimlariga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.