Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Prezident: “Sun’iy intellekt iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy drayverga aylanishi kerak”

Prezident: “Sun’iy intellekt iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy drayverga aylanishi kerak”

2030 yilga qadar sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi. Biroq xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning bu sohadagi salohiyatini 10 milliard dollar deb baholamoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkichga erishish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada faol ishlashi, vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari haftaning kamida bir kunni ushbu sohani rivojlantirishga bag‘ishlashi shart.

Prezident ta’kidladi:

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlariga qanday hissa qo‘shayotganini, aholi va biznesga qanday yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shunday qilish mumkinmi? Albatta, mumkin.”

Samaradorlikni oshirish imkoniyatlari

Ta’kidlanishicha, qator tarmoqlardagi korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirish orqali xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirgan. Agar suniy intellekt ham keng joriy etilsa, samaradorlik yanada ortishi qayd etildi.

Ayrim davlat idoralari bu yo‘nalishda amaliy qadamlarni boshlab yuborgan:

  • Adliya va soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida ishlaydigan onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi.

  • Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt asosida xavflarni boshqarish tizimini joriy etdi.

  • Geologiya sohasida esa sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimi yo‘lga qo‘yilib, rudalardan olinadigan metall hajmini 1–2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu faqat birgina mis qazib olish sohasidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

Kiritildi: 13:51 21.10.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!