Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metropoliten liniyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metropoliten liniyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishish davomida ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, aeroport Toshkent va Yangi Toshkent tutashgan joyda joylashgan bo‘lib, unga eng ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin, masofa 24 kilometrni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi aeroport qurilishi va havo parkini 105 tadan 180 tagacha oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 770 mln dollar daromad keltiradi.

«Tanlagan joyimiz xavfsizlik, uchish va qo‘nish nuqtai nazaridan eng mo‘’tadil joy. Bu Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasidagi chorraha — ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin, oraliq — 24 km. Lekin, shattl qo‘yamiz, xudo xohlasa, metro qo‘yamiz. Hammasini hamohang, biz kutganimiz kabi amalga oshiramiz», — degan prezident.

Kiritildi: 11:09 21.10.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!