Qayd etilishicha, endi Chang‘ak va Qizilqishloq mahallalarida yashovchi bolalar har kuni maxsus avtobusda bog‘chaga keladi. Avtobusda har kuni 16 nafar bola tarbiyachi hamrohligida ta’lim oladi.
Mashg‘ulotlar tugagach, ular shu yo‘l bilan uylariga qaytariladi.
Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida 32-sonli bog‘chaga qarashli “Mobil A” va “Mobil B” guruhlari ishlamoqda.