Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tehronda Avliyo Mariyam metro bekati ochiladi

Tehronda Avliyo Mariyam metro bekati ochiladi

Tez orada Tehron markazida “Avliyo Mariyam” nomli metro bekati ochiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.

"Maryam-e Mogaddas" (Avliyo Maryam) stansiyasi, Eronda Bibi Maryam nomi bilan tanilgan, Nejatollahi ko‘chasidagi Avliyo Sarkis arman Apostol cherkovining yonida joylashgan.

Eron Islom Respublikasi rahbariyati mamlakatdagi diniy ozchilik bo‘lgan nasroniylarga hurmat belgisi sifatida uning nomi va ichki dizayni Iso Masihning onasi siymosiga bag‘ishlashga qaror qildi.

Stansiya dizayneri Tanya Tarigmehrning aytishicha, bekatning ichki qismi Bibi Maryam hayotiga va nasroniy tushunchalarga bag‘ishlangan 7ta panel bilan bezatilgan. Kirish joyida esa Qur’oni Karimning "Maryam" surasining 6ta oyati yozilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari metro bekatining ochilishini musulmonlar va nasroniylar o‘rtasidagi madaniy muloqot va o‘zaro hurmat namunasi deb atadi.

RIA Novosti muxbiri aytishiga ko‘ra, “Avliyo Mariyam” metro bekatida barcha ishlar allaqachon yakunlangan va hozirda uning rasmiy ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yaqin kunlar ichida stansiya yo‘lovchilarni qabul qilishni boshlaydi.

Kiritildi: 20:55 18.10.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!