Hukumat qarori (650-son, 17.10.2025 y.) bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.
📝 Nizom talablari:
🔸 iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga;
🔸 iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini eksport va import qilish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish
va realizasiya qilish bosqichlariga nisbatan tatbiq etiladi.
❌ Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
✅ Xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’ektlari
uch toifaga bo‘linadi:
🔹 huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti;
🔹 huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti;
🔹 huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti.
🔗 Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik borasida shaxsiy kabinet orqali yozma ravishda xabarnoma (ogohlantirish) yuboriladi.