Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025 y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.
📃 Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.
✅ Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
✔️ Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:
▪️ 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
▪️ 65 – 69,9 ballga – A darajali;
▪️60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
▪️55 – 59,9 ballga – B darajali;
▪️ 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
▪️ 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.
🔗 B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.