Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Har to‘rtinchi odam hali-hanuz xavfsiz ichimlik suvisiz qolmoqda

Har to‘rtinchi odam hali-hanuz xavfsiz ichimlik suvisiz qolmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha 2,1 milliardga yaqin inson xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Bu holat millionlab odamlarni kasalliklar xavfiga duchor etib, jamiyatdan uzilib qolishga olib kelmoqda.

Saxaradan janubdagi Afrikada vaziyat ayniqsa og‘ir — Markaziy Afrika Respublikasi va Chadda aholining 93 foizi xavfsiz suv manbalariga ega emas. JSST ta’rifiga ko‘ra, “xavfsiz boshqarilgan ichimlik suvi” — bu aholi uylari yaqinida joylashgan, doimiy ravishda mavjud va biologik hamda kimyoviy ifloslanishdan holi bo‘lgan takomillashtirilgan suv manbasidir.

Osiyoda ham muammo jiddiy: Indoneziyada 69,5%, Pokistonda 55%, Filippinda 51,5% aholi toza suvsiz yashab kelmoqda. Meksikada bu ko‘rsatkich 57%, Albaniyada esa 29% tashkil etgan.

JSST va UNICEF ta’kidlashicha, kam daromadli mamlakatlar, qishloq aholisi, bolalar va mahalliy guruhlar xavfsiz suvga ega bo‘lish imkoniyati bo‘yicha jahon o‘rtacha miqdoridan 38% past darajada.

2024 yilda 31 davlat toza ichimlik suviga ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlagan bo‘lib, bu raqam 2030 yilga qadar 38 tagacha ko‘payishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:30 16.10.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!