Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Agentlikning xabar berishicha, Radzuelina Facebook orqali jonli efirga chiqib, hayotiga tahdidlar bo‘lgani tufayli mamlakatni tark etganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha haftadan beri davom etayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari harbiy isyonga sabab bo‘lgan.
Radzuelina qachon mamlakatni tark etganini va hozir qayerda ekanini oshkor etmagan, biroq ayrim xabarlarda u Fransiya harbiy samolyotida olib chiqib ketilgani aytilgan. Fransiya TIV esa bu ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan.
Madagaskar Oliy konstitusiyaviy sudi ham Radzuelinaning iste’fosini tasdiqlagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 17 oktyabr kuni mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar yetakchisi polkovnik Maykl Randrianirina Madagaskarning o‘tish davri prezidenti sifatida qasamyod qiladi.