Maduro Trampning AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuelada maxfiy operasiyalar o‘tkazishga ruxsat berishiga keskin munosabat bildirdi.
"Karib mintaqasida urush boshlanishiga va rejimlarning almashtirilishiga yo‘q deymiz. MRB tomonidan uyushtiriladigan to‘ntarishlarga yo‘l qo‘ymaymiz! Markaziy razvedka boshqarmasining to‘ntarishlari yana qancha davom etadi? Lotin Amerikasi bularni istamaydi, ularga muhtoj emas va bunday harakatlarni rad etadi", — deya ta’kidladi Venesuela prezidenti.
Bundan tashqari, Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi. Vazirlik Trampning Venesuela hududida MRB operasiyalariga ruxsat berishini “misli ko‘rilmagan holat” va “xalqaro huquqning jiddiy buzilishi” deb atadi.
"Qo‘shma Shtatlar ochiqchasiga Venesueladagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan operasiyalarni tasdiqlaganini tan oldi", deyiladi vazirlik bayonotida.