Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Donald Tramp jurnalistning "Vashington Maduroni hokimiyatdan ag‘darish niyatidami?", degan savolga javob berishdan bosh tortdi.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u MRBga Venesuela hududida harakat qilish vakolatini bergan, u buni Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy muhojirlar va narkotik moddalar oqimini to‘xtatish istagi bilan izohladi.
"Bizga Venesueladan juda ko‘p narkotiklar keladi, ularning aksariyati dengiz orqali keltirilmoqda. Shuning uchun biz ularni quruqlikdayoq to‘xtatmoqchimiz. Venesuela hukumati narkokartellar faoliyatida ishtirok etmoqda", — dedi Oq uy rahbari jurnalistlarga.
Jurnalistlarning "Markaziy razvedka boshqarmasi Nikolas Maduroni yo‘q qilish vakolatiga egami?", degan savolga AQSh prezidenti shunday javob berdi: "Bu menga berilgan ahmoqona savol. To‘g‘risi, unchalik bema’ni emas, lekin mening unga javob berishim bemanilik bo‘lardi, to‘g‘rimi?".
Avvalroq The New York Times gazetasi Oq uy Venesueladagi inqirozni harbiy yo‘l bilan kuchaytirish, shu jumladan, Maduroni hokimiyatdan majburan chetlatish kabi bir necha ssenariylarni ishlab chiqqani haqida xabar bergan edi.