Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Umar Kremlyov Rossiya sportchilarini xalqaro arenalarda himoya qilmoqchi

Umar Kremlyov Rossiya sportchilarini xalqaro arenalarda himoya qilmoqchi

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Rossiya sportchilarini xalqaro arenalarda himoya qilish haqida fikr bildirdi.

"Barcha federasiyalarga shunchaki aytmoqchiman — qo‘rqmanglar. Sportchilarni himoya qilish uchun olg‘a yurish kerak. Agar bizga to‘siq bo‘lsa, uni yorib o‘tish lozim — barchamiz bayroq va madhiya bilan chiqishimiz kerak. Agar bu bo‘lmasa, biz parallel musobaqalar o‘tkazamiz.

Biz — Xalqaro boks assosiasiyasi — Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan ajralib chiqdik. Endi jahon chempionatini Olimpiadadan ham muhim deb e’lon qildik. Negaki, biz boksni butun dunyo bo‘ylab rivojlantiryapmiz. Qaysi chempionat asosiy bo‘lishi kerak? Albatta, bizniki. Olimpiya futboli haqida hech kim gapirmaydi-ku.

Biz o‘z o‘yinimizni o‘ynashimiz kerak. Assosiasiya nizomini himoya qilish zarur. Hozir boks assosiasiyasi shuni qildi. Homiylar jahon chempionatiga kelishdi — faqat telexuquqlar $30 mln turadi. Kelasi yil bu raqamni $150 mln gacha yetkazamiz. Biz aslida FIFA qilgan ishni takrorladik — ajralib chiqdik va jahon chempionatini Olimpiadadan muhimroq qildik", — dedi Kremlyov.

Kiritildi: 12:25 16.10.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!