Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ilk bor O‘zbekiston sertifikatlashtirish idorasi Turkiyaning Halol Akkreditasiya Idorasi (HAC)ning guvohnomasiga ega bo‘ldi

Ilk bor O‘zbekiston sertifikatlashtirish idorasi Turkiyaning Halol Akkreditasiya Idorasi (HAC)ning guvohnomasiga ega bo‘ldi

Xalqaro ekspertlar o‘tkazgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Halol oziq-ovqat va ichimliklar sanoati 2 trillion dollarga, halol turizm 400 milliard dollarga, halol kosmetika sanoati 200 milliard dollarga, tekstil sanoati hajmi esa 240 milliard AQSh dollariga yetdi.

Bugunga kunga kelib, jahon halol bozorining hajmi 8 trillion dollardan oshdi va kelgusi besh yil ichida moliya, oziq-ovqat, turizm, to‘qimachilik, kosmetika, tibbiyot va kimyo sanoatlari kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan ushbu soha hajmi 12 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

Jahon bozorlariga kirishda, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishda halol standartlari va sertifikatlariga talab oshib bormoqda.

Mahsulotlarni eksport qilishda eksport qilinayotgan mahsulotga qarab turli sertifikatlar talab etiladi, shu jumladan Xalol sertifikati ham. Bu sertifikat xorijiy mamlakatlarga, ayniqsa Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ga a’zo davlatlarga eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etadi.

Turkiyaning Halol Akkreditasiya idorasi (HAC)ning tegishli qaroriga muvofiq Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi Halol sertifikatlashtirish idorasi (https://english.hak.gov.tr/accredited-hcabs)ilk bor akkreditasiyadan o‘tgan O‘zbekiston idorasiga aylandi (https://english.hak.gov.tr/accredited-hcabs).

Kiritildi: 18:47 15.10.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!