Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSH, Misr, Qatar va Turkiya G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

AQSH, Misr, Qatar va Turkiya G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Hujjat 13 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida imzolandi. Donald Tramp 13 oktyabrni "Yaqin Sharq uchun nihoyat tinchlik keltirgan buyuk kun" deb atadi.

"Biz ko‘plab qoidalar, nizomlar va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan hujjatni imzolamoqchimiz - u juda keng qamrovli. Bugun biz nishonlayotgan burilish voqeasi G‘azodagi urushning tugashidan ham muhimroqdir. Xudo xohlasa, bu butun Yaqin Sharq uchun yangi davrning boshlanishi bo‘ladi", — dedi AQSh prezidenti.

"Bu kunga yetib kelish uchun bizga 3 ming yil kerak bo‘ldi, tasavvur qilyapsizmi? Va bu kelishuv amalda bo‘ladi," deb ta’kidlab o‘tdi Tramp hujjat imzolangandan keyin.

Kiritildi: 22:26 13.10.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!