Bu haqda Der Spiegel nashrida xabar tayyorlandi.
Germaniyaning Der Spiegel nashri yozishiga ko‘ra, Angela Merkel rahbarligida Berlin va Moskva o‘rtasidagi harbiy aloqalar juda yaqin bo‘lgan. Hatto Qrim okkupasiyasidan avval — 2014 yilgacha nemis harbiy mutaxassislari rossiyaliklarga zamonaviy urush olib borishni o‘rgatgan.
Germaniyaning Rheinmetall kompaniyasi Rossiya bilan katta — milliard yevrolik bitim tayyorlayotgan bo‘lgan. Bu bitim orqali Rossiya hududida Germaniya namunasidagi harbiy o‘quv markazlari qurilishi rejalashtirilgan. U yerda harbiylar haqiqiy jangoviy sharoitga yaqin muhitda mashg‘ulot o‘tkazishi kerak edi.
Bu hamkorlik faqat Rossiya Qrimni bosib olgandan keyin to‘xtatilgan. Lekin o‘shandan oldingi yillar davomida Germaniyaning yordami Rossiya armiyasini kuchaytirgan va keyingi Ukrainaga hujum uchun tajriba hamda tayyorgarlik bergan.