Oltin narxi rekord darajada ko‘tarildi, tahlilchilar 2026 yilda uning unsiyasi 5000 dollargacha oshishini taxmin qilmoqda — Reuters
Bugun COMEX qimmatbaho metallar birjasida oltinning bir unsiyasi (31,1 gramm) uchun 4100 dollarga yetdi, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bank of America oltin narxining o‘sishi fonida 2026 yil kutilmalarini yangiladi. Bankning qayd etishicha, kelasi yilda oltin narxi bir unsiyasi uchun 5000 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.
"Oltin narxining o‘sishi Fransiyadagi siyosiy inqiroz hamda AQSh prezidentining Xitoy bilan yangi savdo urushini boshlash haqidagi tahdidlari fonida investorlarning oltin sotib olishga bo‘lgan talabining ortishi bilan izohlanmoqda", deya yozmoqda Reuters.