Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pakning ta’kidlashicha, mamlakatning BMT bilan hamkorligi so‘nggi yillarda kompleks va samarali tus olgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hamkorlik kambag‘allikka qarshi kurash, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va inson huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.
Viktor Pak Orolbo‘yi hududi BMT shefligida ekologik innovasiyalar markaziga aylanganini, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotganini ham qayd etdi.
Deputatning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida izolyasiya emas, balki qo‘llab-quvvatlash pozisiyasini ilgari surmoqda va BMT bu masalada asosiy muloqot maydoni bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, u mamlakatning BMT bilan hamkorligi nafaqat xalqaro nufuz, balki xalq farovonligi va barqaror kelajak uchun ishlayapti, deya ta’kidladi.